Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Faol moddalarga yuqori sezuvchanlik; klinik ahamiyatli faol qon ketishlar; katta qon ketish xavfi bilan bog'liq holatlar yoki buzilishlar (shu jumladan, mavjud yoki yaqinda o'tgan me'da-ichak yarasi, yuqori qon ketish xavfi bo'lgan yomon sifatli o'smalar, yaqinda bosh yoki orqa miyaning shikastlanishi, bosh yoki orqa miya yoki ko'zlarda o'tkazilgan jarrohlik amaliyotlari, yaqinda bo'lgan bosh ichidagi qon quyilishi, ma'lum yoki gumon qilingan qizilo'ngach varikoz tomirlari, arterio-venoz malformatsiyalar, anevrizmalar yoki ahamiyatli umurtqa ichki yoki miya ichki qon tomir buzilishlari); nazorat qilinmaydigan og'ir arterial gipertenziya; boshqa antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolash, masalan, nofraksionlangan geparin (NFG), kam molekulyar og'irlikdagi geparinlar (jumladan, enoksaparin, dalteparin), geparin hosilalari (masalan, fondaparinuks), og'iz orqali antikoagulyantlar (jumladan, varfarin, dabigatran, rivaroksaban, apiksaban), boshqa og'iz orqali antikoagulyantga o'tishda yoki markaziy venoz yoki arterial kateterni o'tkazish uchun zarur bo'lgan dozada NFG qo'llashdan tashqari; homiladorlik, emizish davri; qon ketish xavfi bilan kechadigan jigar kasalliklari; 18 yoshgacha bo'lgan yosh. Ehtiyotkorlik bilan: Qon ketish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda, ayniqsa, asetilsalitsil kislotasi bilan qo'llanganda; jigar funksiyasining engil va o'rtacha buzilishlari (ALT yoki AST faolligi >2 VGN yoki umumiy bilirubin miqdori ≥1.5 VGN oshishi bilan); yuqori KQ va FPNI bo'lgan bemorlarda; R-glikoprotein induktorlari bilan birga qo'llanganda.