Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Lindinet 20 preparatini qo‘llash quyidagi holatlar/kasalliklar/xavf omillari mavjud bo‘lganda kontrendikatsiya qilinadi: gestoden, etinilestradiol va/yoki preparatning yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; venoz tromboz yoki tromboemboliyalar (VTE), shu jumladan chuqur venalar trombozi (CHVT), o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (OATE), hozirgi vaqtda yoki anamnezda; arterial tromboz yoki tromboemboliyalar (ATE), shu jumladan miokard infarkti, insult; yoki prodromal holatlar, masalan, tranzitor ishemik xuruj, stenokardiya; VTE yoki ATE rivojlanishiga irsiy yoki orttirilgan moyillik, shu jumladan faol protein C ga rezistentlik, gipergomotsisteinemiya, antitrombin III tanqisligi, protein C tanqisligi, protein S tanqisligi, antifosfolipid antitanalari (kardiolipin antitanalari, lupus antikoagulyanti); VTE yoki ATE rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bitta yoki bir nechta omil mavjudligi (35 yoshdan katta yoshda chekish, tana massasi indeksi 30 kg/m2 yoki undan yuqori bo‘lgan semizlik, uzoq muddatli immobilizatsiya, keng ko‘lamli jarohatlar, pastki ekstremitalarda, chanoq sohasida yoki neyroxirurgik jarrohlik aralashuvlarda har qanday operatsiya, murakkab yurak qopqoqlarining nuqsonlari, atrial fibrillyatsiya), yoki bitta og‘ir xavf omilining mavjudligi, masalan: nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya; diabetik angiopatiya bilan kechadigan qandli diabet; og‘ir dislipoproteinemiya; anamnezda fokal nevrologik simptomatikasi bilan kechadigan migren; hozirgi vaqtda yoki anamnezda og‘ir gipertriglitseridemiya bilan kechadigan pankreatit; jigar yetishmovchiligi, o‘tkir yoki surunkali og‘ir jigar kasalliklari (jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari normallashmaguncha); jigar o‘smalari (yaxshi yoki yomon sifatli), hozirgi vaqtda yoki anamnezda; aniqlangan gormonlarga bog‘liq yomon sifatli o‘smalar (shu jumladan jinsiy a'zolar yoki sut bezlari) yoki ulardan shubha qilish; noaniq etiologiyali jinsiy yo‘llardan qon ketish; homiladorlik (shu jumladan taxminiy); emizish davri; ombitasvir, paritaprevir, ritonavir, dasabuvirni o‘z ichiga olgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash; laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktoza intoleransi, laktoza intoleransi. Agar ushbu holatlar/kasalliklar/xavf omillaridan birortasi preparatni qo‘llash fonida yuzaga kelsa, preparatni qabul qilish darhol to‘xtatilishi kerak.
Ehtiyotkorlik bilan: Agar quyidagi holatlar/kasalliklar yoki xavf omillari mavjud bo‘lsa, Lindinet 20 preparatini har bir ayol uchun individual ravishda foyda va xavf nisbatini diqqat bilan baholash va preparatni qabul qilishdan oldin uni muhokama qilish kerak: tromboz va tromboemboliyalar rivojlanishining xavf omillari: chekish; tromboz/tromboemboliyalar, miokard infarkti yoki 50 yoshdan oldin yaqin qarindoshlarda miya qon aylanishining buzilishi; tana massasi indeksi 30 kg/m² dan kam bo‘lgan semizlik; dislipoproteinemiya, adekvat nazorat qilinadigan arterial gipertenziya; fokal nevrologik simptomlarisiz migren; murakkab bo‘lmagan yurak qopqoqlari nuqsonlari; yurak ritmi buzilishi; periferik qon aylanishining buzilishlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar: qon tomir asoratlari bo‘lmagan qandli diabet; tizimli qizil yuguruk; gemolitik-uremik sindrom; Kron kasalligi va yarali kolit; serpozid hujayrali anemiya; yuzaki venalar flebiti; gipertriglitseridemiya; jigar kasalliklari (engil va o‘rtacha darajali, jigar funksional ko‘rsatkichlari normal bo‘lgan holatlarda); oldingi homiladorlik yoki avvalgi jinsiy gormonlar qabul qilish fonida paydo bo‘lgan yoki kuchaygan kasalliklar (masalan, xolestaz bilan bog‘liq sariqlik va/yoki qichishish, o't pufagi kasalliklari, eshitishning yomonlashishi bilan otoskleroz, porfiriya, homiladorlik gerpesi, Sydenham xoreyasi); irsiy angionevrotik shish bilan kechadigan ayollarda; depressiya; epilepsiya; tug‘ruqdan keyingi davr.