Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Anamnezda angionevrotik shish, jumladan AAFI qabul qilgandan keyin rivojlangan holatlar; irsiy Kvinke shishi; 18 yoshgacha (samaradorlik va xavfsizlik o‘rganilmagan); preparat komponentlariga yoki boshqa AAFIga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozlari yoki bitta buyrak arteriyasi stenozlari bilan kechuvchi progressiv azotemiya, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat, buyrak yetishmovchiligi, azotemiya, giperkaliemiya, aorta ustki qismida stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, birlamchi giperaldosteronizm, arterial gipotenziya, serebrovaskulyar kasalliklar (masalan, miya qon aylanishining buzilishi), ishemik yurak kasalligi, koronar yetishmovchilik, biriktiruvchi to‘qimaning autoimmun tizimli kasalliklari (masalan, sklerodermiya, tizimli qizil bo‘rsiq), suyak iligi qon ishlab chiqarishini susaytirish, tuz cheklangan dieta, gipovolemiya holatlari (masalan, diareya, qayt qilish), keksalar.