Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
O‘ta og‘ir jigar yetishmovchiligi (Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori); laktoza intoleransi, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi; homiladorlik; laktatsiya davri; 18 yoshgacha bo‘lganlar; preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: arterial gipotenziya, kamaygan OOK, suv-elektrolit muvozanati buzilishi, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi, buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi (Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 9 balldan kam); quyidagi dorilar bilan bir vaqtda qo‘llashda (beta-adrenoblokatorlar, simpatolitiklar, diuretiklar, gidroxlorotiyazid, digoksin, varfarin, simetidin, fenobarbital, ketokonazol, eritromitsin, rifampin, flukonazol, litiy karbonati, kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren, amilorid, eplerenon), kaliy qo‘shimchalari va kaliyni o‘z ichiga olgan tuzlar, NSQVPlar, jumladan COX-2 selektiv ingibitorlari).