Keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan kombinatsiyalangan antibakterial vosita. Ampitsillin — yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik bo‘lib, mikroorganizmlar hujayra devorining oqsillari sintezini bostirish orqali bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Sulbaktam esa beta-laktamazaning qaytmas ingibitori bo‘lib, beta-laktamazaning ta’siri ostida chidamli bo‘lib qolgan shtammlarga qarshi ampitsillinning ta’sir doirasini kengaytiradi; ampitsillinning sezgir shtammlariga ta’sirini o‘zgartirmaydi; bakteriyalarning ba’zi bir penisillin bilan bog‘lovchi oqsillari bilan bog‘lanib, beta-laktam antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda sinergizm ko‘rsatadi. Suvli eritmada barqaror bo‘lib, Neisseriaceae oilasi va Acinetobacter spp. bakteriyalariga nisbatan mustaqil antibakterial faollikka ega, plazmidli beta-laktamzalarning ko‘pchiligiga chidamli. Ampitsillin+sulbaktam kombinatsiyasi quyidagi aerob grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar), Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, penisillinga chidamli shtammlar), Streptococcus spp. viridans guruhi, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes; aerob grammusbat bakteriyalar: Escherichia coli, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Klebsiella spp., Neisseria gonorrhoeae, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Haemophilus influenzae, Providencia rettgeri, Providencia stuartii; anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides spp., shu jumladan Bacteroides fragilis, Clostridium spp. (lekin Clostridium difficile emas), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.
Rezistent bo‘lganlar: metitsillinga chidamli Staphylococcus spp., Citrobacter spp., Enterobacter spp. ning ko‘plab shtammlari, Pseudomonas aeruginosa, Mycobacterium spp., Clostridium difficile, Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae.