Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida, ezofagitda, gastritda, o‘tkir yoki latent peptik yarada, ichak anastomozida (yaqin anamnezda), perforatsiya yoki abstsess xavfi bilan kechuvchi noxos yarali kolitda, divertikulitda; qandli diabet va unga moyillikda; giperlipidemiya; miasteniya, osteoporoz, gipoterioz, gipertirioz, o‘tkir psixoz, o‘tkir va o‘tkirlik davridagi miokard infarkti, kongestiv yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, og‘ir jigar funksiyasi buzilishi (ayniqsa, gipalbuminemiya bilan birga) yoki buyraklarda, ochiq burchakli glaukoma, oddiy gerpes (ko‘z shakli), suvchechak, qizamiq, strongiloidoz, OITS, OIV-infektsiyasi; faol va latent tuberkulyoz, og‘ir bakterial yoki virusli infektsion kasalliklarda (superinfektsiya rivojlanish xavfini oshiradi, kasallik alomatlarini yashiradi), preparatni faqat maxsus terapiya fonida qo‘llash mumkin. Tizimli zamburug‘li infektsiyalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.