Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Fenilefringa yuqori sezuvchanlik; gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya; feoxromotsitoma; qorinchalar fibrillyatsiyasi. Ehtiyotkorlik bilan: metabolik atsidoz, giperkapniya, gipoksiya, yurak fibrillyatsiyasi, yopiq burchakli glaukoma, arterial gipertenziya, kichik qon aylanish doirasida gipertenziya, gipovolemiya, og‘ir aorta og‘zi stenozi, o‘tkir miokard infarkti, taxiaritmiya, qorinchalar aritmiyasi, tomirlarning okklyuzion kasalliklari (jumladan, anamnezda) – arterial tromboemboliya, ateroskleroz, obliteratsion trombangiit (Byurger kasalligi), Reyno kasalligi, tomirlarning spazmga moyilligi (jumladan, sovuq urishi), diabetik endarteriit, tireotoksikoz, qandli diabet, porfiriya, MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, ftorotanning narkozida, buyrak funksiyasi buzilishi, keksa yosh, 18 yoshgacha bo‘lgan yosh.