Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Meloksikam yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tarkibida laktoza mavjudligi sababli, laktozani intolerans qilish, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklarga ega bemorlar preparatni qabul qilmasligi kerak; aortokoronar shuntlashdan keyingi holat; dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; anamnezda asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NPVSlarni qabul qilgandan so‘ng bronxoobstruktsiya, rinit, qichima tutishlarining rivojlanishi (bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun atrofidagi polipozning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan kombinatsiyasi va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NPVSlarga intolerans holatlari, jumladan anamnezda); oshqozon yoki o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziyali-yarali o‘zgarishlari, faol me’da-ichak qon ketishi; ichakning yallig‘lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi); serebrovaskulyar qon ketish yoki boshqa qon ketishlar; og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), buyrak kasalliklarining progressivlashuvi, jumladan tasdiqlangan giperkaliemiya; homiladorlik, laktatsiya davri; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: IBO, serebrovaskulyar kasalliklar, kongestiv yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, anamnezda me’da-ichak traktining yarali shikastlanishi, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, KK 30-60 ml/min bilan kechuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi, keksa yosh, NPVSlarning uzoq muddatli qo‘llanilishi, alkogolning tez-tez iste'mol qilinishi, og‘ir somatik kasalliklar, quyidagi dorilar bilan birga davolash: antikoagulyantlar (masalan, varfarin); antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel); peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon); serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (masalan, tsitalopram, flukosetin, paroksetin, sertralin). Me’da-ichak trakti tomonida nojo‘ya ta’sirlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani imkon qadar qisqa kurs davomida qo‘llash tavsiya etiladi.