Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa guruhlarning nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilariga), bronxial astma, burun va burun yon bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va asetilsalitsil kislotasi va pirazolon qatoriga mansub dorilarga intolerans bilan birga; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (zo‘rayish davrida), dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/min dan kam), faol me’da-ichak qon ketishi; buyrak kasalliklarining progreslashuvi, og'ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi, aorta-koronar shuntlashdan keyingi holat, tasdiqlangan giperkaliemiya, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, bolalar yoshi (12 yoshgacha), homiladorlik, laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan: keksa yosh, yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriya kasalliklari, chekish, surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min), oshqozon-ichak trakti yarali shikastlanishlari (anamnezda), N. pylori infeksiyasi mavjudligi, nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilarning uzoq muddatli qo'llanilishi, alkogolizm, og'ir somatik kasalliklar, bir vaqtning o‘zida peroral glyukokortikosteroidlar (shu jumladan, prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan, varfarin), antiagregantlar (shu jumladan, klopidogrel), serotoninni qayta qabul qilishni tanlab ingibitorlari (shu jumladan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) qabul qilish.