Klinik tadqiqotlar va postmarketing tajribalaridan ortiqcha doza bo'yicha cheklangan ma'lumotlar mavjud. Simptomlar: katta miqdordagi ortiqcha dozada (200 mg va 105 mg/kun 3 kun davomida) faqat charchoq, holsizlik va/yoki diareya kuzatilgan yoki simptomlar mavjud bo'lmagan. 140 mg dan kam dozada yoki noma'lum dozada ortiqcha dozalanishda bemorlarda ong chalkashishi, gipersonmiya, uyquchanlik, bosh aylanishi, ajitatsiya, tajovuzkorlik, gallyutsinatsiyalar, yurish buzilishi, qayt qilish va diareya kuzatilgan. Memantinning 2000 mg dozasi o'limga olib kelmagan, ammo markaziy asab tizimi tomonidan buzilishlar (10 kunlik koma, diplopiya va ajitatsiya) kuzatilgan. Simptomatik davolash va plazmaferez o'tkazilgandan so'ng, bemor hech qanday jiddiy asoratlarsiz tuzalgan. Yana bir holatda, bemor 400 mg memantin ichga qabul qilgandan so'ng tuzalgan; markaziy asab tizimi tomonidan bezovtalik, psixoz, ko'rish gallyutsinatsiyalari, tutqanoqqa moyillik, uyquchanlik, stupor va hushdan ketish kabi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilgan. Davolash: ortiqcha dozalanishda simptomatik davolash o'tkaziladi. Ortikcha dozada yoki intoksikatsiyada maxsus antidot yo'q. Faol moddani chiqarish uchun standart klinik muolajalarni qo'llash zarur, masalan, faol ko'mir (jigar va ichak resirkulyatsiyasini to'xtatadi), siydikni kislotali qilish, majburiy diurez. Markaziy asab tizimining umumiy yuqori rag'batlanish belgilari mavjud bo'lsa, simptomatik davolash o'tkazilishi kerak.