Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Amlodipin - yaqqol arterial gipotenziya; kollaps; kardiogen shok; homiladorlik; laktatsiya davri; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan); amlodipin va boshqa dihidropiridin hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: jigar funksiyasi buzilishlari, sinusal tugun zaifligi sindromi (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, yengil yoki o‘rtacha darajadagi arterial gipotenziya, aorta stenozi, mitral stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, o‘tkir miokard infarkti (va undan keyin bir oy davomida), qandli diabet, lipid profili buzilishlari, keksa yoshdagi bemorlar. Silazapril - anamnezdagi angionevrotik shish (shu jumladan, irsiy, idiopatik, shuningdek, boshqa AAF ingibitorlari qabul qilish natijasida yuzaga kelgan); ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona ishlaydigan buyrak arteriyasi stenozi; giperkalemiya; porfiriya; homiladorlik; laktatsiya davri; poliakrilonitril-metillilsulfatdan (masalan, AN69) yuqori samaradorlikdagi membranalar orqali gemodializ, gemofiltratsiya, LP aferezi. Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi (sutkada 1 g dan ortiq proteinuriya), yaqqol qon aylanish yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, mitral stenozi, aorta og‘zi stenozi, IBO, suyak iligi qon yaratishning bostirilishi, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat, gemodializdagi bemorlar, qandli diabet, podagra, giperurikemiya, tuz cheklangan dieta, jigar sirrozi, OCK kamayishi bilan kechuvchi holatlar (masalan, diareya, qayt qilish), XOBL, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).