Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Tomir ichiga yuborish uchun: meropenemga sezgir bitta yoki bir nechta qo‘zg‘atuvchi sababli kelib chiqqan og‘ir yuqumli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash: pnevmoniya, shu jumladan kasalxonada olingan pnevmoniyalar; siydik yo‘llari, qorin bo‘shlig‘i, kichik tos organlari (shu jumladan endometrit), teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, meningit, septisemiya; neyropeniyaga bog‘liq isitma epizodlari bilan birga kechadigan bakterial infeksiya shubhalari (empirik davolash). Mushak ichiga yuborish uchun: surunkali bakterial bronxitning zo‘rayishi, murakkab bo‘lmagan siydik yo‘llari infeksiyalari.