Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
venoz yoki arterial tromboz/tromboemboliya hozirgi vaqtda yoki anamnezda mavjud bo‘lsa (shu jumladan, chuqur vena trombozi, o‘pka emboliyasi, miokard infarkti, insult); trombozning xabarchilari (shu jumladan, tranzitor ishemik xuruj, stenokardiya); venoz yoki arterial trombozga moyillik (aktivlangan protein C ga rezistentlik, giperhomotsisteinemiya, antitrombin III tanqisligi, protein C va protein S tanqisligi, antifosfolipid antitanachalari (kardiolipinga qarshi antitanachalar, qizil yugurukning antikoagulyanti) mavjudligi); anamnezda o‘choqli nevrologik simptomatika bilan kechadigan migren; diabetik angiopatiyali qandli diabet; venoz yoki arterial tromboz va tromboemboliya rivojlanishi xavfini oshiruvchi ko‘plab omillar yoki bitta xavf omilining yuqori darajada namoyon bo‘lishi; nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya (160/100 mm simob ustunidan yuqori qon bosimi); giperglitseridemiyasi bilan kechadigan pankreatit (shu jumladan anamnezda); og‘ir dislipoproteinemiya; jigar yetishmovchiligi, o‘tkir yoki og‘ir jigar kasalliklari (jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari normallashmaguncha), shu jumladan anamnezda; jigar o‘smalari (yaxshi va yomon sifatli), shu jumladan anamnezda; jinsiy a’zolar yoki ko‘krak bezining gormonga bog‘liq yomon sifatli o‘smalari (shu jumladan, shubha qilinadigan holatlar); noma’lum etiologiyali vaginal qon ketishi; homiladorlik (shu jumladan, taxmin qilingan holatlar); laktatsiya davri (emizish); 35 yoshdan katta bo‘lganlarda chekish (kuniga 15 ta sigaretadan ko‘p); laktaza tanqisligi, laktoza intoleransi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi; 18 yoshgacha bo‘lgan qiz o‘smirlar (preparatning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas); preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Agar preparat qo‘llanilishi jarayonida (boshqa KK (kombinatsiyalangan kontratseptivlar) kabi) yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar (holatlar) yuzaga kelsa, preparatni darhol to‘xtatish kerak.
Ehtiyot choralarini ko‘rish: Quyida sanab o‘tilgan holatlar/risk omillari hozirgi vaqtda mavjud bo‘lsa, preparatning potentsial xavfi va kutilayotgan foydasi har bir holatda alohida baholanishi kerak: 35 yoshdan katta yosh; chekish; oilaviy anamnezda tromboembolik kasalliklar mavjudligi (yoshligida akalar, opalar yoki ota-onada venoz yoki arterial tromboz/tromboemboliya); semizlik (BMI >25 kg/m² va <30 kg/m²); dislipoproteinemiya; arterial gipertenziya; o‘choqli nevrologik simptomatikasiz migren; asoratlanmagan yurak klapanlari nuqsonlari; varikoz kengayishi, yuzaki tromboflebit; tug‘ruqdan keyingi davr; qandli diabet; SKV (sistemli qizil yuguruk); gemolitik-uremik sindrom; surunkali yallig‘lanishli ichak kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit); o‘roq shaklidagi hujayrali anemiya; gipertrigliseridemiya (shu jumladan, oilaviy anamnezda); oldingi homiladorlik davrida yoki avvalgi jinsiy gormonlarni qabul qilish fonida yuzaga kelgan yoki og‘irlashgan kasalliklar mavjudligi; irsiy angionevrotik shish; xloazma; anamnezda jigar kasalliklari o‘rtacha va yengil shakllari, jigar funksional ko‘rsatkichlari normal bo‘lsa.