Simptomlar: og‘ir sinus bradikardiyasi, bosh aylanishi, AV-blokada (to‘liq ko‘ndalang blokadaga va yurak to‘xtashiga qadar), arterial bosimning kuchli pasayishi, periferik perfuziyaning sustligi, kuchaygan charchoq, hushdan ketish, aritmiya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok, nafas faoliyatining bostirilishi, apnoe, asistoliya, bronxospazm, ong buzilishi (hushdan ketishgacha), tremor, tutqanoqlar, kuchaygan terlash, paresteziya, koma, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, gipoglikemiya yoki giperglikemiya, giperkaliemiya, o‘tkinchi mushak zaifligi. Ortiqcha dozalanishning birinchi belgilari 20 daqiqa - 2 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Davolash: simptomatik. Arterial bosimning kuchli pasayishida bemor Trendeleburg holatiga o‘tkazilishi kerak; arterial bosimning haddan tashqari pasayishi, bradikardiya va yurak yetishmovchiligi holatlarida — vena ichiga (har 2-5 daqiqada) beta-adrenomimetiklar kerakli effektga erishilgunga qadar yoki vena ichiga 0,5-2 mg atropin yuboriladi. Ijobiy ta’sir bo‘lmasa, dopamin, dobutamin yoki norepinefrin qo‘llaniladi. Keyinchalik 1-10 mg glukagon va transvenoz intrakardial elektr stimulyator qo‘llash mumkin. Bronxospazmda vena ichiga beta2-adrenomimetiklar yuborish tavsiya etiladi. Tutqanoqlarda — diazepamni asta-sekin vena ichiga kiritish. Gemodializ samarasiz.