Simptomlar: kuchli bradikardiya, AV-blokada (to‘liq ko‘ndalang blokadaga va yurak to‘xtashiga qadar), arterial bosimning ortiqcha pasayishi, periferik qon aylanishining buzilishi, yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi, kardiogen shok, nafasning bostirilishi, apnoe, sianoz, charchoq, bosh aylanishi, hushdan ketish, koma, tremor, tutqanoqlar, kuchaygan terlash, paresteziya, bronxospazm, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ehtimol ezofagospazm, gipoglikemiya yoki giperglikemiya, giperkaliemiya, o‘tkinchi miasteniya. Ortiqcha dozalanishning birinchi belgilari 20 daqiqa - 2 soat ichida paydo bo‘ladi. Davolash: preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, oshqozonni yuvish va adsorbsiyalovchi vositalarni qabul qilish; AV-o‘tkazuvchanlikning buzilishi va/yoki bradikardiyada — vena ichiga 1-2 mg atropin, epinefrin (adrenalin) yoki vaqtinchalik kardio stimulyator qo‘llash; arterial bosimning pasayishida bemorni Trendeleburg holatiga o‘tkazish. O‘pka shishi belgisi bo‘lmasa — vena ichiga plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar, zarurat bo‘lsa epinefrin, dopamin yoki dobutamin kiritish; o‘tkir yurak yetishmovchiligida — yurak glikozidlari, diuretiklar; tutqanoqlarda — vena ichiga diazepam; bronxospazmda — inhalyatsiya yoki parenteral beta2-adrenomimetiklar qo‘llash.