Aortokoronar shuntlashdan keyingi holat; dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; asetilsalitsil kislotasi va boshqa NPVPlarga intolerans tufayli bronxial astma, burun va burun bo'shlig'i polipozi va o'zaro sezuvchanlik bilan bog'liq holatlar (shu jumladan anamnezda); oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlari, faol me’da-ichak qon ketishi; ichakning yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi); serebrovaskulyar qon ketishi yoki boshqa qon ketishlar; ifodali jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam), buyrakning progressiv kasalliklari (shu jumladan tasdiqlangan giperkaliemiya); 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (tabletka shakli uchun); 18 yoshgacha bo'lganlar (mushak ichiga inyeksiya uchun eritma); homiladorlik; emizish davri; meloksikam va boshqa preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparatning tabletka shakli tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun galaktozani intolerans, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi nasliy kasalliklarga ega bemorlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalligi (YIK); serebrovaskulyar kasalliklar; kompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; dislipidemiya/giperlipidemiya; qandli diabet; periferik arteriyalar kasalliklari; chekish; KK 30-60 ml/min; anamnezda me’da-ichak yaralari rivojlanish tarixi; Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi; keksa yosh; NPVPlarni uzoq muddatli qo’llash; alkogolni tez-tez iste’mol qilish; og‘ir somatik kasalliklar; quyidagi preparatlar bilan qo’shma terapiya: antikoagulyantlar (masalan, varfarin); antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel); peroral GKS (masalan, prednizolon); serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (masalan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin). Me’da-ichak traktidan kelib chiqadigan noxush ta'sirlarni kamaytirish uchun minimal samarali dozani qisqa muddatli kurs bilan qo’llash tavsiya etiladi.
Bolalarda foydalanish
Preparatni qo'llash taqiqlanadi: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda (tabletka shaklida); 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda (v/m yuborish uchun eritma).
Maxsus ko‘rsatma
Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Farmakologik ta'siri
Farmakokinetika
Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Dozalash tartibi
Homilalik davrida foydalanish
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatilgan. Naproksen kabi prostaglandinlar sintezini bloklaydigan preparatlarning qo‘llanishi fertilitetga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi.
Jigar disfunktsiyasi uchun foydalanish
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi holatida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Buyrak etishmovchiligi uchun foydalanish
Nojo‘ya ta’sirlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, og‘ir buyrak yetishmovchiligi va gemodializdagi bemorlarda kunlik doza 7,5 mg dan oshmasligi kerak. KK >25 ml/min bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi holatida tabletkalar shaklida qo‘llashda dozalash rejimini o‘zgartirish talab etilmaydi. Buyrak faoliyati yengil yoki o‘rtacha buzilgan (KK >30 ml/min) bemorlarda mushak ichiga yuboriladigan dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi holatida preparatni (gemodializ o‘tkazilmasa) qo‘llash mumkin emas.
Sotish shartlari
Preparat retsept bo‘yicha beriladi.
Dozani oshirib yuborish
Simptomlar: ongni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, epigastriyadagi og‘riq, me’da-ichakdan qon ketishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, nafas olishning to‘xtashi, asistoliya. Davolash: preparat ichga qabul qilinganda oshqozonni yuvish, faol ko‘mir qabul qilish (eng yaqin soatda); zarurat tug‘ilganda simptomatik terapiya o‘tkaziladi. Forsirlangan diurez, siydikni ishqoriylash, gemodializ meloksikamning oqsil bilan yuqori bog‘lanishi tufayli samarasiz. Maxsus antidot yo‘q.
Saqlash shartlari
B ro‘yxati. Tabletkalar shaklidagi preparatni quruq, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar yetolmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak; yaroqlilik muddati – 3 yil. Mushak ichiga yuborish uchun eritma shaklidagi preparatni quruq, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar yetolmaydigan joyda 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak; yaroqlilik muddati – 3 yil.
Keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Preparat amal qilish muddati
Mahsulot saqlash shartlari
Mahsulot amal qilish muddati
Yangilandi: 2025-03-04
×
18+
DIQQAT!
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish
to‘g‘risida” 08.09.2017 yildagi qonuniga muvofiq:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu
jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib
qilishga undaydigan;
bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda
faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda
ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari
bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki
oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning
boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;
uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan bunday bolaning
familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari,
bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi,
o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon
beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan
axborot mahsulotlari jumlasiga kiradi.
Shunga ko‘ra, davo.uz saytida e’lon qilinayotgan ayrim axborot (xabar, ma’lumot, maqola)lar bolalar uchun
taqiqlangan axborot mahsuloti hisoblanadi va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar undan foydalanishi taqiqlanadi.