Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda gipoglikemik vositalar bilan qo‘llanganda, gipoglikemik vositalarning ta’sirini kuchayishi tufayli gipoglikemiya rivojlanish xavfi oshadi. MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda dori vositalari o‘zaro ta’sirining nojo‘ya ta’sirlarni rivojlanish ehtimoli mavjud. Digitoksin preparatlari bilan chaqirilgan aritmiyani davolashda propanolol qo‘llanganda kuchli bradikardiya holatlari kuzatilgan. Inhalatsion narkoz vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda miokard funksiyasining susayishi va arterial gipotenziya rivojlanish xavfi oshadi.
Amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llanganda arterial gipotenziya, bradikardiya, qorinchalar fibrillyatsiyasi va asistoliya rivojlanishi mumkin. Verapamil bilan bir vaqtda qo‘llanganda arterial gipotenziya, bradikardiya va nafas qisilishi kuzatilishi mumkin. Verapamil ta’sirida propanololning plazmadagi Cmax va AUC ko‘rsatkichlari oshadi, jigarda uning metabolizmi susayishi tufayli propanololning klirensi kamayadi. Biroq, propanolol verapamilning farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi. Galoperidol bilan bir vaqtda qo‘llanganda kuchli arterial gipotenziya va yurak to‘xtashi holati kuzatilgan.
Gidralazin bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanololning plazmadagi Cmax va AUC ko‘rsatkichlari oshadi. Gidralazin jigarga qon oqimini kamaytirishi yoki jigar fermentlari faolligini susaytirishi mumkinligi tufayli propanolol metabolizmi sekinlashadi. Propanolol glibenkamid, gliburid, xlorpropamid va tolbutamidning ta’sirini susaytirishi mumkin, chunki noselektiv beta2-adrenoblokatorlar oshqozon osti bezidagi insulin sekretsiyasiga bog‘liq β2-adrenoretseptorlarni bloklashi mumkin.
Sulfonilmochevina hosilalari ta’sirida oshqozon osti bezidan insulin chiqarilishi beta-adrenoblokatorlar tomonidan susaytiriladi, bu esa gipoglikemik ta’sir rivojlanishiga qisman to‘sqinlik qiladi. Diltiyazem bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanololning plazmadagi konsentratsiyasi oshadi, chunki diltiyazem ta’sirida propanolol metabolizmi susayadi. Diltiyazem AV-uzel orqali impuls o‘tishini sekinlashtiradi, bu esa yurak faoliyatining qo‘shimcha susayishiga olib keladi, kuchli bradikardiya, zarba va minut hajmining sezilarli pasayishi xavfi mavjud.
Varfarin va fenindionning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi holatlari qayd etilgan. Doksorubitsin bilan birga qo‘llanganda eksperimental tadqiqotlarda kardiyotoksiklik kuchayishi kuzatilgan. Propanolol izoprenalin, salbutamol va terbutalin ta’sirida bronxodilatsiya ta’sirini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Imipramin plazma konsentratsiyasining oshishi holatlari qayd etilgan. Indometatsin, naproksen, piroksikam va asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanololning antigipertenziv ta’siri pasayishi mumkin.
Ketanserin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qo‘shimcha gipertenziv ta’sir rivojlanishi mumkin. Klonidin bilan birga qo‘llashda antigipertenziv ta’sir kuchayadi. Propanolol qabul qilayotgan bemorlarda klonidinning keskin bekor qilinishi kuchli arterial gipertenziya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu qon aylanishdagi katexolaminlar miqdorining ortishi va ularning vazokonstriktor ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq. Kofein bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanololning samaradorligi pasayishi mumkin.
Lidokain va bupivakain bilan birga qo‘llanganda, mahalliy anestetiklar metabolizmining jigarda sekinlashishi tufayli ularning ta’siri (shu jumladan toksik ta’sir) kuchayishi mumkin. Litiy karbonati bilan bir vaqtda qo‘llanganda bradikardiya rivojlangan holatlar kuzatilgan. Maprotilin bilan birga qo‘llanganda, ehtimol jigarda metabolizmining sekinlashishi va organizmda to‘planishi tufayli uning nojo‘ya ta’siri kuchayishi mumkin.
Mefloxin bilan bir vaqtda qo‘llanganda QT intervali uzayishi va yurak to‘xtashi holatlari kuzatilgan; morfin bilan qo‘llanganda morfinning markaziy asab tizimiga ta’siri kuchayadi; natriy amidotrizoat bilan birga qo‘llanganda kuchli arterial gipotenziya holatlari qayd etilgan. Nizoldipin bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanolol va nizoldipinning plazmadagi Cmax va AUC ko‘rsatkichlari oshishi mumkin, bu esa kuchli arterial gipotenziyaga olib keladi, bunday holatda beta-bloklovchi ta’sirning kuchayishi kuzatilgan.
Nikardipin bilan birga qo‘llanganda propanololning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari oshishi, arterial gipotenziya va yurak urish tezligining kamayishi holatlari kuzatilgan. Nifedipin bilan bir vaqtda qabul qilayotgan ishemik yurak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kuchli arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi va miokard infarkti xavfi oshishi mumkin, bu nifedipinning salbiy inotrop ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq.
Propanolol qabul qilayotgan bemorlarda prazosinning birinchi dozasi qabul qilinganidan keyin kuchli arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi mavjud. Prenilamin bilan birga qo‘llanganda QT intervali uzayishi mumkin. Propafenon bilan bir vaqtda qo‘llanganda propanololning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi va toksik ta’siri rivojlanishi kuzatilgan.
Propaferon propanololning jigardagi metabolizmini susaytirib, uning klirensini kamaytiradi va qon zardobidagi konsentratsiyasini oshiradi. Rezepin va boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda arterial gipotenziya va bradikardiya rivojlanish xavfi ortadi. Rizatriptan bilan birga qo‘llanganda Cmax va AUC oshadi; rifampitsin bilan birga qo‘llanganda esa propanololning qon plazmasidagi konsentratsiyasi kamayadi; sukxinilxlorid va tubokurarin xlorid bilan birga qo‘llanganda miorelaksantlar ta’sirining o‘zgarishi mumkin.
Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, jigarda metabolizmining sekinlashishi tufayli teofillin klirensi kamayadi, bu esa bronxial astma yoki XOBL bo‘lgan bemorlarda bronxospazm rivojlanish xavfini oshiradi. Beta-adrenoblokatorlar teofillinning inotrop ta’sirini bloklashi mumkin. Fenindion bilan birga qo‘llanganda qon ketish xavfi oshgan holatlar kuzatilgan, ammo qon ivish ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan. Flekainid bilan bir vaqtda qo‘llanganda qo‘shimcha kardiodepressiv ta’sir ehtimoli mavjud.
Fluoksetin CYP2D6 izofermentini ingibitsiya qiladi, bu propanolol metabolizmining susayishi va uning to‘planishiga olib keladi hamda kardiodepressiv ta’sirni (shu jumladan, bradikardiyani) kuchaytirishi mumkin. Fluoksetin va, asosan, uning metabolitlari uzoq yarimparchalanish davriga ega, shuning uchun dori o‘zaro ta’siri fluoksetin bekor qilingandan keyin ham bir necha kun davomida saqlanishi mumkin. Xinin CYP2D6 izofermentini ingibitsiya qiladi, bu esa propanolol metabolizmining susayishiga va uning klirensining kamayishiga olib keladi. Beta-bloklovchi ta’sirning kuchayishi va ortostatik gipotenziya ehtimoli mavjud.
Propanolol, xlorpromazin va tioridazin plazmadagi konsentratsiyalarini oshiruvchi ta’sir kuzatilgan, bu esa arterial bosimning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Simetidin jigarning mikrosomal fermentlari (shu jumladan, CYP2D6 izofermenti) faolligini susaytiradi, bu propanolol metabolizmining susayishiga va uning to‘planishiga olib keladi, natijada salbiy inotrop va kardiodepressiv ta’sir kuchayishi mumkin.
Epinefrin bilan birga qo‘llanganda uning gipertenziv ta’siri kuchayadi, hayotga xavf tug‘diruvchi og‘ir gipertenziv reaksiyalar va bradikardiya rivojlanish xavfi yuzaga keladi. Simpatomimetiklarning (epinefrin, efedrin) bronxlarni kengaytiruvchi ta’siri kamayadi. Ergotamin samaradorligining pasayishi holatlari kuzatilgan. Etanol bilan birga qo‘llanganda propanololning gemodinamik ta’sirida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.