Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Umumiy kuchli charchash, nafas olish markazining bostirilishi tufayli nafas olish buzilishi, noma'lum etiologiyali qorin og‘rig‘i, og'ir jigar-hujayra yetishmovchiligi, bosh miya jarohati, bosh miya ichki gipertenziyasi, epileptik holat, o'tkir alkogolli intoksikatsiya, deliriya, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash.
Ehtiyotkorlik bilan: bronxial astma xuruji, XOBL, aritmiya, tutqanoqli xurujlar, dori vositalarini suiiste'mol qilish yoki dori qaramligi, shu jumladan opioidlarga qaramlik (shu jumladan anamnezda), alkogolizm, o'z joniga qasd qilish moyilligi, emotsional o'zgaruvchanlik, o't pufagi tosh kasalligi, me’da-ichak traktiga, siydik chiqarish tizimiga jarrohlik aralashuvlari, bosh miya jarohatlari, bosh miya ichki gipertenziyasi, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, gipoterioz, og'ir yallig'lanishli ichak kasalliklari, prostata bezi gipertrofiyasi, siydik chiqarish yo‘llarining strikturalari, paralitik ichak tutilishi, o't yo'llariga jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlar, o‘pka-yurak yetishmovchiligi (surunkali o‘pka kasalliklari fonida); homiladorlik, emizish davri; keksa yosh.