Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Naproksen yoki naproksen natriyiga yuqori sezuvchanlik; bronxial astma, burun va burun bo‘shlig‘i polipozi va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NPVPlarga intoleransning to‘liq yoki qisman birikmasi (shu jumladan anamnezda); aortokoronar shuntlash paytida; o‘tkir bosqichdagi oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning eroziv-yarali shikastlanishlari; faol me’da-ichak qon ketishi; yallig‘lanishli ichak kasalliklarining o‘tkir bosqichi (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi); laktoza intoleransi; serebrovaskulyar qon ketishi yoki boshqa qon ketishlar; ifodali jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; ifodali buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam), progressiv buyrak kasalligi, tasdiqlangan giperkaliemiya; dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari va gemostazning buzilishi; homiladorlik; emizish davri; 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan: YIK, serebrovaskulyar kasalliklar, turg‘un yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, buyrak funksiyasining buzilishi (KK 30-60 ml/min), anamnezda me’da-ichak yaralari, Helicobacter pylori infeksiyasi, tizimli qizil volchanka yoki biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (Sharp sindromi), uzoq muddatli NPVPlarni qo‘llash, og‘ir somatik kasalliklar, keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llash, chekish, alkogolni tez-tez iste’mol qilish, quyidagi preparatlar bilan qo‘shma terapiya: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral GKS (masalan, prednizolon), serotonin qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (masalan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin).