Belgilar: Dozani oshirib yuborish holatida markaziy asab tizimi qo‘zg‘alish va susayish fazalarining almashishi kuzatiladi (bezovtalik, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, tutqanoqlar), so‘ngra MATning susayishi (tana haroratining pasayishi, lanjlik, uyquchanlik, koma). Bundan tashqari, mioz, midriaz, kuchli terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, oqarish, sianoz, ko‘ngil aynishi va qusish, taxikardiya, bradikardiya, yurak aritmiyalari, yurak to‘xtashi, yurak urishi, arterial bosimning ko‘tarilishi, so‘ngra pasayishi (shokgacha), o‘pka shishi, nafas susayishi va apnoe, psixogen buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bolalarda, asosan, markaziy ta’sirlar (tutqanoqlar, koma va bradikardiya, apnoe) va arterial bosimning ko‘tarilishi, keyinchalik gipotenziya kuzatiladi. Davolash: shifokor nazorati ostida simptomatik davolash. Tasodifan ichga qabul qilganda – faol ko‘mir kiritish, oshqozonni yuvish. Og‘ir dozani oshirishda statsionarda intensiv davolash tavsiya etiladi. Jiddiy holatlarda arterial bosimni pasaytirish uchun neselektiv alfa-adrenoblokatorlar, isitmani pasaytiruvchi dorilar, intubatsiya va sun’iy nafas oldirish (IVL) qo‘llanishi mumkin.