Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Bronxial astma, burun yoki burun bo‘shlig‘i polipozi va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalarga (shu jumladan o‘tmishda) allergiyaning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan uyg‘unligi; oshqozon yoki o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziya-yarali o‘zgarishlari yomonlashganida, ovqat hazm qilish tizimi qon ketishi, ovqat hazm qilish tizimi perforatsiyasi; qaytalanuvchi peptik yara kasalligi yoki qon ketish (anamnezda ikki yoki undan ortiq teshilish yoki qon ketish holatlari); steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan oldingi davolanish yoki qabul qilish bilan bog‘liq oshqozon-ichak tizimi qon ketishi yoki perforatsiyasi; surunkali yurak yetishmovchiligi, NYHA tasnifiga ko‘ra II-IV funksional sinf; klinik tasdiqlangan IYB; periferik arteriya kasalliklari va miya qon tomir kasalliklari; nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya; serebrovaskulyar qon ketishi yoki boshqa o‘tkir qon ketish turlari; yallig‘lanishli ichak kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit) yomonlashganida; gematologik kasalliklar (masalan, qon yaratish buzilishlari, suyak iligi zararlanishi, porfiriya, gemorragik diatez); faol jigar kasalligi, jigar yetishmovchiligi; buyrak kasalliklarining progressiv rivojlanishi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam); aorta-koronar shuntlashdan keyingi holat; periferik arteriyalar okluziyasi bo‘lgan bemorlar; homiladorlik; emizish davri; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar; diklofenak yoki boshqa komponentlarga, shu jumladan boshqa steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki vitaminlarga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: anamnezda oshqozon yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi, yarali kolit va Kron kasalligi (yomonlashmaganida), Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi, anamnezdagi jigar kasalliklari, jigar porfiriyasi, surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min), OVK ning sezilarli darajada pasayishi (jumladan, keng qamrovli jarrohlik aralashuvidan so‘ng), 65 yoshdan oshgan qariyalar (jumladan, diuretiklar qabul qilayotganlar, kuchsizlangan bemorlar va tana vazni past bemorlar), bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burun shilliq qavatining shishi (burun poliplari bilan), XOBL, nafas yo‘llarining surunkali infeksiyalari (ayniqsa, allergik rinitga o‘xshash simptomlar bilan), serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, chekish, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qabul qilish, alkogolizm, og‘ir somatik kasalliklar, bir vaqtda GKS, antikoagulyantlar, antiagregantlar, serotoninni qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari, antigipertenziv preparatlar, diuretiklar qabul qilish.