Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; bronxial astma, burun yoki burun bo‘shlig‘i polipozi va asetilsalitsil kislotasi va boshqa steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalarga (shu jumladan o‘tmishda) intoleransning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan uyg‘unligi; oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziya-yarali shikastlanishi; faol oshqozon-ichak tizimi qon ketishi; serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishi; ichakning yallig‘lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit) yomonlashganida; gemofiliya va boshqa qon ivishining buzilishi; dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; nimusulidni qo‘llashda anamnezdagi gepatotoksik reaktsiyalar; alkogolizm; narkomaniya; aniq ifodalangan surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam); buyrak kasalliklarining progressiv rivojlanishi; tasdiqlangan giperkaliemiya; aorta-koronar shuntlashdan keyingi holat; boshqa gepatotoksik dorilarni bir vaqtda qabul qilish; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik; emizish davri. Ehtiyotkorlik bilan: IYB, serebrovaskulyar kasalliklar, surunkali yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min), anamnezdagi oshqozon-ichak yarasi, Helicobacter pylori infektsiyasi, og‘ir somatik kasalliklar, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qo‘llashda, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral GKS, serotoninni qayta qabul qilish selektiv ingibitorlari (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan bir vaqtda qo‘llashda, qariyalarda.