Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Ichga qabul qilish uchun: ishemik yurak kasalligining uzoq muddatli davosi (stenokardiya xurujlarini oldini olish); miokard infarkti takrorlanishining oldini olish va davom etayotgan stenokardiyani davolash (kompleks terapiya tarkibida); og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligini uzoq muddat davolash (yurak glikozidlari, diuretiklar, APF ingibitorlari bilan kompleks terapiya tarkibida). Og'iz bo'shlig‘iga sepish uchun: stenokardiya xurujlarini bartaraf etish; stenokardiya xurujlarini oldini olish (jumladan, jismoniy yoki emotsional yuklama oldidan); o'tkir miokard infarkti; o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Tomir ichiga yuborish uchun: stenokardiya (beqaror va vazospastik); o'tkir miokard infarkti; o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi.