Belgilari: kodein dozasi oshirilganda asosiy belgilar ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qon aylanishi yetishmovchiligi, sovuq yopishqoq ter, ong chalkashishi, bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimning pasayishi, asabiylashish, charchoq, bradikardiya, kuchli zaiflik, nafasning bostirilishi, gipotermiya, xavotirlik, mioz, tutqanoqlar; og‘ir holatlarda - hushdan ketish, nafas to‘xtashi, koma. Paratsetamol dozasi oshirilgandan keyin bemorlarning ahvoli 3 kun davomida qoniqarli bo‘lishi mumkin, chunki jigar zararlanishi belgilari keyinchalik paydo bo‘ladi. Paratsetamol dozasi oshirilganda jigar hujayralarida rivojlanadigan o‘zgarishlar, paratsetamolning juda toksik metabolitlarining to‘planishi tufayli yuzaga keladi. Jigarning zararlanishining dastlabki belgilari - terining oqarishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, anoreksiya, kuchli terlash va holsizlikdir. Og‘ir dozada jigar yetishmovchiligi, progressiv ensefalopatiya, koma, o‘lim; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tubular nekroz bilan (shu jumladan jigar zararlanishi bo‘lmagan hollarda); aritmiya; pankreatit rivojlanishi mumkin. Kattalarda 10 g yoki undan ko‘p paratsetamol qabul qilganda gepatotoksik ta'sir kuzatiladi. Drotaverin dozasi oshirilganda AV o‘tkazuvchanlikning buzilishi, yurak mushagi qo‘zg‘aluvchanligining pasayishi, yurak to‘xtashi va nafas markazining falaji yuzaga kelishi mumkin. Davolash: oshqozonni yuvish va tuzli ich surish vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Davolash hayotiy muhim funktsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi kerak, nafas bostirilishida sun'iy nafas oldirish, kislorod inhalatsiyasi, nalokson, jigar zararlanishi belgilari kuzatilganda esa paratsetamolning antidoti - asetilsistein (SH-guruh donor) va metionin (glutation sintezini boshlovchi) qo‘llanadi.