Paratsetamol uchun belgilar: qabul qilinganidan keyin dastlabki 24 soat ichida – terining oqarishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, anoreksiya, qorin og‘rig‘i; glyukoza almashinuvining buzilishi, metabolik atsidoz. Jigar faoliyati buzilishining belgilari dozani oshirib yuborishdan keyin 12-48 soat o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir dozada – jigar yetishmovchiligi, progressiv ensefalopatiya, koma, o‘lim (10 g paratsetamol yoki 50 tabletka); o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tubular nekroz bilan (shu jumladan jigar zararlanishi bo‘lmagan hollarda); aritmiya, pankreatit. Davolash: SH-guruh donorlarini va glutation sintezini boshlovchi vositalarni – metioninni dozani oshirib yuborishdan keyin 8-9 soat davomida, atsetilsisteinni – 8 soat davomida kiritish. Qo‘shimcha terapevtik choralar zarurati paratsetamolning qon zardobidagi kontsentratsiyasi va qabul qilingan vaqtga qarab aniqlanadi.
Kofein uchun belgilar: gastralgiya, ajitatsiya, xavotirlik, harakat bezovtaligi, ong chalkashishi, deliryum, suvsizlanish, taxikardiya, aritmiya, gipetermiya, tez-tez siydik ajralishi, bosh og‘rig‘i, sezgirlikning oshishi, titroq yoki mushak tortishishlari; qayt qilish, ba’zida qon bilan; quloqda shovqin, tutqanoqlar (o‘tkir dozada – tonik-klonik). Kofein sutkalik dozalari 300 mg dan oshganda (shu jumladan 4 yoki undan ortiq stakan qahva qabul qilishda) xavotir, titroq, bosh og‘rig‘i, ong chalkashishi, ekstrasistoliya paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: agar kofein oxirgi 4 soatda 15 mg/kg dan yuqori dozada qabul qilingan va qusish kuzatilmagan bo‘lsa, oshqozonni yuvish kerak; faollashtirilgan ko‘mir, ich surish vositalari; gemorragik gastritda – antatsidlar, 0,9% sovuq natriy xlorid eritmasi bilan oshqozonni yuvish; o‘pkani ventilyatsiya va oksigenatsiyani qo‘llab-quvvatlash; tutqanoqlarda vena ichiga diazepam, fenobarbital yoki fenitoin; suyuqlik va elektrolit muvozanatini ta'minlash.