Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Asabiylashish, xavotir, qo'rquv, charchash, e'tiborni yo'qotish bilan kechadigan nevrasteniya va nevrotik reaksiyalar: "menedjer sindromi" (doimiy ruhiy zo'riqish holati); yengil uyqusizlik; asabiy zo'riqish bilan bog'liq bosh og'riqlari; migren; MITr funksional kasalliklari (dispeptik sindrom, bezovta ichak sindromi); neyrotsirkulyator distoniya va klimakterik sindromda simptomatik vosita sifatida; psixologik yuklama bilan bog'liq qichishuvchi dermatozlar (atopik va seborey ekzema, qichima).