Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Turli genezli MAT kasalliklari, ayniqsa tomir genezli yoki bosh miyada modda almashinuv jarayonlari buzilishi va intoksikatsiya bilan bog‘liq kasalliklar (jumladan, travmadan keyingi holatlar va surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik hollarida), intellektual-mnestik funksiyalar yomonlashuvi, harakat faolligining pasayishi bilan kuzatiladi; sustlik, ortiqcha charchash, psixomotor faollikning pasayishi, diqqatni jamlashning buzilishi, xotira yomonlashuvi, o‘rganish jarayonlarining buzilishi bilan namoyon bo‘ladigan nevrotik holatlar; yengil va o‘rtacha darajadagi depressiyalar; intellektual-mnestik buzilishlar va apatiko-abulik simptomatika bilan namoyon bo‘ladigan psixoorganik sindromlar, shuningdek, shizofreniyada kuzatiladigan sustlik holatlari; tutqanoqli holatlar; ovqatlanish va konstitutsiyaga bog‘liq semizlik; gipoksiyani oldini olish, stressga qarshilikni oshirish; kasbiy faoliyatning ekstremal sharoitlarida organizmning funksional holatini yaxshilash, charchoqning oldini olish va aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirish; sutkalik bioritmlarni muvofiqlashtirish, "uyqu-uyg‘oqlik" siklini boshqarish; surunkali alkogolizm (asteniya, depressiya, intellektual-mnestik buzilishlar simptomlarini kamaytirish uchun).