Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Xotira buzilishlari, bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi, emotsional labilitet, miya qon aylanishi buzilishi (ishеmik insult) tufayli yuzaga keladigan demensiya, miya shikastlanishi, Altsgeymer kasalligi, keksalikda, intellektual va eslash qobiliyatining pasayishi, kortikal miyokloniya; qon tomir, travmatik yoki toksik genezli komatoz holatlar; surunkali alkogolizmda abstenensiya va psixoorganik sindromni davolash; bolalardagi o‘qitish buzilishlari, noto‘g‘ri o‘qitish yoki oilaviy muhit sharoitlariga bog‘liq bo‘lmagan hollarda (kompleks terapiyada); orak hujayrali anemiya (kompleks terapiyada).