Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Insulinga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda oshishi mumkin: estrogenlar, progestagenlar, peroral kontratseptivlar, GKS, yod saqlovchi tireoid gormonlari, danazol, beta2-adrenomimetiklar (masalan, ritodrin, salbutamol, albuterol, terbutalin), epinefrin, atipik antipsixotiklar (masalan, olanzapin va klozapin), diuretiklar, glyukagon, izoniazid, niatsin, fenotiazinlar, proteaza ingibitorlari, somatropin.
Insulinga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda kamayishi mumkin: beta-adrenoblokatorlar, etanol va etanol saqlovchi preparatlar, peroral gipoglikemik preparatlar, salitsilatlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi), sulfanilamid antibiotiklari, somatostatin analoglari (masalan, oktrеotid), pentoksifillin, pramlintid, ba’zi antidepressantlar (MAO ingibitorlari, SSRI), AAF ingibitorlari (kaptopril, enalapril), angiotenzin II retseptorlari antagonistlari.
Alkogol, beta-adrenoblokatorlar, klonidin va litiy tuzlari insulinga bo‘lgan ehtiyojni ham kamaytirishi, ham oshirishi mumkin. Pentamidin gipoglikemiyani keltirib chiqarishi, so‘ngra ba’zan giperglikemiya kelib chiqishi mumkin.
Beta-adrenoblokatorlar, klonidin, guanetidin va reserpin bilan birga qo‘llanganda gipoglikemiya simptomlari yashirinishi yoki zaiflashishi mumkin.
Pioglitazon bilan insulin preparatlari qo‘llanganda yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi oshadi, ayniqsa yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda. Kombinatsiyalangan davolash o‘tkazilgan bemorlar yurak yetishmovchiligi belgilari va simptomlari, tana vaznining oshishi va shishlar rivojlanishi jihatidan kuzatilib borilishi kerak. Yurak faoliyati yomonlashgan har qanday holatda pioglitazonni bekor qilish kerak.