Nerv tizimi tomonidan: davolashning boshida (ayniqsa, keksa bemorlarda) - uyquchanlik, charchoq hissi, bosh aylanishi, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, ataksiya, dezorientatsiya, yurishning beqarorligi, psixik va harakat reaksiyalarining sekinlashishi, ongning chalkashishi; kamdan-kam hollarda - bosh og‘rig‘i, eyforiya, depressiya, tremor, xotiraning pasayishi, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi (ayniqsa yuqori dozalar bilan), kayfiyatning tushishi, distonik ekstrapiramidal reaksiyalar (boshqarib bo‘lmaydigan harakatlar, shu jumladan ko‘zlar), asteniya, miasteniya, dizartiriya, epileptik tutqanoqlar (epilepsiyasi bo‘lgan bemorlarda); juda kamdan-kam - paradoksal reaksiyalar (tajovuzkorlik portlashlari, psixomotor qo‘zg‘alish, qo‘rquv, o‘z joniga qasd qilish moyilligi, mushak spazmi, gallyutsinatsiyalar, qo‘zg‘alish, asabiylashish, xavotirlik, uyqusizlik).
Qon yaratish organlari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz (sovuq bosishi, gipetermiya, tomoq og‘rig‘i, ortiqcha charchash yoki holsizlik), anemiya, trombotsitopeniya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz quruqligi yoki so‘lak ajralishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtahaning pasayishi, qabziyat yoki diareya; jigar faoliyatining buzilishi, jigar transaminazlari va SHF faolligining oshishi, sariqlik.
Siydik chiqarish va jinsiy tizim tomonidan: siydik tutmaslik, siydik ushlab qolish, buyrak funksiyasining buzilishi, libido pasayishi yoki oshishi, dismenoreya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.
Mahalliy reaksiyalar: flebit yoki venoz tromboz (in'ektsiya joyida qizarish, shish yoki og‘riq).
Boshqalar: odatlanish, dori vositasiga bog‘liqlik; QAB pasayishi; kamdan-kam hollarda - ko‘rishning buzilishi (diplopiya), tana vaznining pasayishi, taxikardiya. Dozani keskin kamaytirish yoki qabulni to‘xtatishda - bekor qilish sindromi (asabiylashish, xavotirlik, uyqu buzilishi, disforiya, ichki organlar va skelet mushaklarining silliq mushaklarining spazmi, depersonalizatsiya, terlashning kuchayishi, depressiya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tremor, sezgi buzilishlari, shu jumladan giperkuz, paresteziya, fotofobiya; taxikardiya, tutqanoq, kamdan-kam hollarda - o‘tkir psixoz).