Bakterial infeksiyalar, preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlari infeksiyalari (masalan, qaytalanuvchi tonzillit, sinusit, o‘rta otit), odatda Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae*, Moraxella catarrhalis*, Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan; quyi nafas yo‘llari infeksiyalari (masalan, surunkali bronxitning zo‘rayishi, lobar pnevmoniya va bronxopnevmoniya), odatda Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae* va Moraxella catarrhalis* tomonidan chaqirilgan (250 mg/125 mg tabletkalardan tashqari); siydik-chiqarish yo‘llari infeksiyalari: sistit, uretrit, pielonefrit, ayollar jinsiy organlari infeksiyalari, odatda Enterobacteriaceae oilasiga mansub turlar (asosan Escherichia coli*), Staphylococcus saprophyticus va Enterococcus turiga mansub mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladi; Neisseria gonorrhoeae* tomonidan chaqirilgan gonoreya (250 mg/125 mg tabletkalardan tashqari); odatda Staphylococcus aureus*, Streptococcus pyogenes va Bacteroides* turiga mansub mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari; suyak va bo‘g‘im infeksiyalari (masalan, osteomiyelit, odatda Staphylococcus aureus* tomonidan chaqirilgan), zarurat bo‘lsa, uzoq muddatli terapiya; odontogen infeksiyalar (masalan, parodontit, yuqori jag‘ sinusiti, og‘ir tish absessi tarqalayotgan flegmon bilan) – 500 mg/125 mg yoki 875 mg/125 mg tabletkalar uchun; boshqa aralash infeksiyalar (masalan, sepsisli abort, tug‘ruqdan keyingi sepsis, intraabdominal sepsis) step terapiya doirasida. *Ko‘rsatilgan mikroorganizmlar turining ayrim vakillari β-laktamaza ishlab chiqaradi, bu esa ularni amoksitsillin ta’siriga chidamli qiladi. Amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni Augmentin® preparati bilan davolash mumkin, chunki amoksitsillin uning faol tarkibiy qismlaridan biridir. Augmentin® preparati, shuningdek, amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar hamda β-laktamaza ishlab chiqaruvchi va amoksitsillin-klavulan kislotasi kombinatsiyasiga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan aralash infeksiyalarni davolash uchun ham qo‘llaniladi. Bakteriyalarning amoksitsillin va klavulan kislotasi kombinatsiyasiga sezgirligi mintaqaga va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Iloji boricha mahalliy sezgirlik ma’lumotlari hisobga olinishi kerak. Zarurat bo‘lsa, mikrobiologik namunalar yig‘ilishi va bakterial sezgirlikka analiz o‘tkazilishi lozim.