Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Meloksikamga yuqori sezuvchanlik; dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; aorta-koronar shuntlashdan keyingi dastlabki davr; bronxial astma, burun va burun bo‘shliqlari polipozi bilan bog‘liq holatlar va asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga nisbatan intolerans; oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi xurujda; faol me’da-ichak qon ketishi; yallig‘lanishli ichak kasalliklari (yarali kolit, xurujdagi Kron kasalligi); miya qon aylanishida qon ketishi yoki boshqa qon ketishlar; gemofiliya va qon ivishi buzilishlari; jigar yetishmovchiligining og‘ir shakli yoki faol jigar kasalligi; xronik buyrak yetishmovchiligi (gemodializ qilinmaydigan bemorlarda - KК <30 ml/min); buyrak kasalliklarining progressiv shakli, jumladan, tasdiqlangan giperkaliemiya; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik; emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan: Katta yoshli bemorlarda va quyidagi holatlar bilan bog‘liq anamnezda: ishemik yurak kasalligi, kongestiv yurak yetishmovchiligi, miya qon tomirlari kasalliklari, periferik arteriyalar kasalliklari, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, xronik buyrak yetishmovchiligi (KК 30-60 ml/min); me’da-ichak yaralari, Helicobacter pylori infeksiyasi, chekish, og‘ir somatik kasalliklar. Uzoq muddatli NYaQP qabul qilish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), og‘zaki kortikosteroidlar (masalan, prednizolon), selektiv serotonin qayta qabul inhibitörlari (masalan, sitalopram, fluoksetin, sertralin, paroksetin) bilan bir vaqtda qabul qilish.
Me’da-ichak tizimining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish uchun minimal samarali doza qisqa kurs davomida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.