Me’da-ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlar muntazam kuzatuvdan o‘tishlari kerak. Me’da-ichak yarasi yoki me’da-ichak qon ketishi yuzaga kelganda meloksikamni bekor qilish kerak. NVSPlarni qo‘llashda me’da-ichak yaralari, perforatsiya yoki qon ketishi har qanday vaqtda yuzaga kelishi mumkin, bu kabi tashvishli belgilar yoki anamnezda og‘ir me’da-ichak asoratlari bo‘lganida ham, bunday belgilar bo‘lmaganida ham. Ushbu asoratlarning oqibatlari, odatda, keksa yoshdagi odamlar uchun jiddiyroq bo‘ladi. Meloksikamni qo‘llashda teri tomondan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun teri va shilliq qavatlaridan kelib chiqqan nojo‘ya ta’sirlar, shuningdek, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi haqida xabar bergan bemorlarga alohida e’tibor berish kerak, ayniqsa, bunday reaksiyalar avvalgi davolash kurslari davomida kuzatilgan bo‘lsa. Bunday reaksiyalar, odatda, davolashning birinchi oyida kuzatiladi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarning o‘zgarishi yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilarining birinchi belgilari paydo bo‘lganda meloksikamni qo‘llashni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. NVSPlarni qabul qilishda jiddiy yurak-qon tomir trombozlari, miokard infarkti, stenokardiya xurujlari, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar xavfi ortishi haqida xabarlar mavjud. Bunday xavf dori vositasini uzoq muddat qo‘llash davomida, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklari bo‘lgan bemorlarda va bunday kasalliklarga moyil bo‘lgan bemorlarda ortadi. NVSPlar buyraklarda prostaglandin sintezini ingibirlaydi, ular buyrak perfuziyasini saqlashda ishtirok etadi. NVSPlarni buyrak qon oqimi kamaygan yoki OVKT kamaygan bemorlarda qo‘llash yashirin buyrak yetishmovchiligining dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin. NVSPni bekor qilgandan so‘ng, buyrak funksiyasi odatda dastlabki darajasiga qaytadi. Ushbu reaksiyani rivojlanish xavfi eng yuqori bo‘lgan bemorlar keksa yoshdagi bemorlar, dehidratatsiya, turg‘un yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, nefrotik sindrom yoki buyrak funksiyasining o‘tkir buzilishlari bo‘lgan bemorlar, diuretiklar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar, shuningdek, gemodializga olib keladigan jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan o‘tgan bemorlar. Bunday bemorlarni davolashning boshida diurez va buyrak funksiyasini diqqat bilan kuzatish kerak. NVSPlarni diuretiklar bilan birgalikda qo‘llash natriy, kaliy va suvning ushlanishiga, shuningdek, diuretiklarning natriyurik ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, moyil bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi yoki arterial gipertenziya belgilari kuchayishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarning holatini diqqat bilan kuzatish, shuningdek, yetarli darajada suyuqlik qabul qilish zarur. Davolashni boshlashdan oldin buyrak funksiyasini o‘rganish kerak. Kombinatsiyalangan terapiya o‘tkazilganda buyrak funksiyasini ham kuzatish kerak. Meloksikamni (shuningdek, boshqa ko‘pgina NVSPlarni) qo‘llashda qonda transaminazlar faolligining vaqt-vaqti bilan oshishi yoki jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining boshqa o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘pgina hollarda bu o‘zgarishlar kichik va o‘tkinchi bo‘lgan. Agar aniqlangan o‘zgarishlar sezilarli bo‘lsa yoki vaqt o‘tishi bilan kamaymasa, meloksikamni bekor qilish va aniqlangan laboratoriya o‘zgarishlarini kuzatish kerak. Zaiflashgan yoki ozg‘in bemorlar nojo‘ya ta’sirlarni yomonroq o‘tkazishlari mumkin, shuning uchun bunday bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Boshqa NVSPlarga o‘xshash meloksikam asosiy infeksion kasallikning belgilari yashirishga qodir. COX/prostaglandin sintezini ingibirlaydigan vosita sifatida meloksikam tug‘ish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun homiladorlikka erishishda qiyinchiliklarga duch kelgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Ushbu masala bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan ayollarga meloksikamni to‘xtatish tavsiya etiladi. Buyrak yetishmovchiligi yengil va o‘rtacha bo‘lgan bemorlarda (KK>25 ml/min) dozani tuzatish talab qilinmaydi. Kompensatsiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda dozani tuzatish talab qilinmaydi. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Avtomobil boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rish buzilishlari yoki markaziy nerv tizimidan kelib chiqadigan boshqa buzilishlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Davolash davrida bemorlar transport vositalari va diqqatni jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan boshqa potentsial xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikni saqlashlari kerak.