Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Kontrendikatsiyalar: Anamnezda asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP qabul qilinganda bronxial astma, rinit yoki eshakemi xurujlari; oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi (aktiv bosqich); yarali kolit, Kron kasalligi; gemofiliya va boshqa qon ivish buzilishlari; 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; jigar yetishmovchiligini og‘ir shakli; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KК <30 ml/min); dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; aorta-koronar shuntlashdan keyingi davr; me’da-ichak, miya qon aylanishi va boshqa qon ketishlar (yoki qon ketishga gumon); surunkali dispepsiya; III-trimestr homiladorlik, emizish davri; ketoprofen yoki boshqa komponentlarga, salitsilatlar yoki boshqa NYaQPga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: Anamnezda yarali kasallik, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, anamnezda bronxial astma; klinik jihatdan o‘zini namoyon qilgan yurak-qon tomir, miya qon tomirlari va periferik arteriyalar kasalliklari, dislipidemiya, jigar yetishmovchiligi, giperbilirubinemiya, alkogol bilan bog‘liq jigar sirrozi, surunkali buyrak yetishmovchiligi (KК 30-60 ml/min), surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, qon kasalliklari, degidratatsiya, qandli diabet, chekish, qariyalar yoshi, uzoq muddatli NYaQP qabul qilish, antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolash (masalan, varfarin), antiagregantlar (shu jumladan, klopidogrel), og‘zaki GKS (masalan, prednizolon), selektiv serotonin qayta qabul inhibitörlari (masalan, fluoksetin, paroksetin).