Teri va uning qo‘shimchalari tomonidan: toshma (odatda makulo-papulyar yoki urtikar); juda kam hollar - ko‘p shaklli eksudativ eritema, jumladan, Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani yo‘qotish, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yaralanishi, jigar fermentlarining faolligining oshishi, jigar yetishmovchiligi. Nafas olish tizimi tomonidan: nafas qisilishi, yo‘tal, tomog‘dagi og‘riq, kattalarning respirator distress sindromi, nafas yetishmovchiligi. Asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, uyquchanlik. Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: limfopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: qon zardobidagi kreatinin konsentratsiyasining oshishi, buyrak yetishmovchiligi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - giperlaktatemiya; kam hollar - laktasidoz, yog‘ to‘qimalarining yig‘ilishi/qayta taqsimlanishi, miyalgiyalar, rabdomioliz, artalgiyalar, KFK faolligining oshishi. Boshqalar: isitma, charchash hissi, holsizlik, shishlar, limfadenopatiya, arterial gipotenziya, kon’yunktivit, anafilaktik reaksiyalar