Imidazol hosilalaridan zaharlanishning klinik belgilari noaniq va aniq bo‘lmasligi mumkin, chunki giperventilyatsiya fazalari markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining susayishi bilan almashinadi. Preparatni tasodifan yutish yoki dozadan oshirib yuborish quyidagi simptomlarni keltirib chiqarishi mumkin: xavotirlik, bezovtalik, gallyutsinatsiyalar, tutqanoqlar, tana haroratining pasayishi, loqaydlik, uyquchanlik, koma, qorachiqlarning torayishi yoki kengayishi, isitma, terlash, rangparlik, sianoz, yurak urishi, bradikardiya, aritmiya, yurak to‘xtashi, A/Q ning oshishi, A/Q ning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas to‘xtashi. Davolash: simptomatik. Tasodifan yutilgan holatlarda me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Vazopressor dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.