Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Jarrohlik aralashuvlarida anesteziya: jarrohlik aralashuvlarida, shu jumladan kesarcha kesishda epidural blokada; katta nervlar va nerv to'plamlarining blokadasi; alohida nervlar blokadasi va mahalliy infiltratsion anesteziya. O'tkir og'riq sindromini yengillashtirish: uzoq muddatli epidural infuziya yoki vaqti-vaqti bilan bolus kiritish, masalan, operatsiyadan keyingi og'riqni bartaraf etish yoki tug'ruq paytida og'riqsizlantirish; alohida nervlar blokadasi va mahalliy infiltratsion anesteziya.