Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Itrakonazolga yuqori sezuvchanlik; izoferment CYP3A4 substratlari bo‘lgan preparatlarni, masalan, buyrak yoki jigar funksiyasi og‘ir darajada buzilgan bemorlarda levatsetilmetadon, metadon, dizopiramid, dofetilid, dronedaron, xinidin, telitromitsin, tikagrelor, galofantirin, astemizol, mizolastin, terfenadin, zamburug‘ alkaloidlari: digidroogotamin, ergotamin, metilergometrin, elektiptan, irinotekan, lurazidon, og‘iz orqali qabul qilish uchun midazolam, pimozid, sertindol, triazolam, bepridil, felodipin, lerkamidipin, nizoldipin, ivabradin, ranolazin, eplerenon, tsizaprid, domperidon, lovastatin, simvastatin, atorvastatin, fenzoterodin buyurish mumkin emas; buyrak funksiyasi og‘ir buzilgan va jigar funksiyasi o‘rtacha yoki og‘ir buzilgan bemorlarda solifenatsin; jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda kolxitsin; hozirgi vaqtda yoki anamnezda bo‘lgan surunkali yurak yetishmovchiligi (hayot uchun xavfli yoki boshqa xavfli infeksiyalar terapiyasi bundan mustasno); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik, emizish davri. Itrakonazolni CYP3A4 izofermenti substratlari bilan bir vaqtda qo‘llash plazmadagi itrakonazol konsentratsiyasini oshirishi, terapevtik va nojo‘ya ta'sirlarni kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin, bu esa potensial xavf tug‘dirishi mumkin (masalan, ba'zi preparatlar plazmadagi konsentratsiyasining ortishi QT intervalining uzayishiga va yurak taxiaritmiyasiga, shu jumladan “piruet” turidagi qorinchalar aritmiyasiga olib kelishi mumkin). Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: jigar sirrozi, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, boshqa azollarga yuqori sezuvchanlik, keksa yoshdagilar, 3 yoshdan katta bolalar.