Vitamin A bilan o‘tkir dozadan oshirish simptomlari: ko‘rishning ikki bo‘linishi, bosh aylanishi, diareya, asabiylashish, osteoporoz, milklarning qonashi, og‘iz shilliq qavatining qurishi va yaralanishi, lablar, teri qavatining po‘st tashlashi, ong chalkashishi, intrakranial bosimning oshishi. Surunkali intoksikatsiya simptomlari: ishtahaning yo‘qolishi, suyaklarda og‘riq, terining yoriqlari va qurishi, og‘iz shilliq qavatining qurishi, gastralgiya, qusish, gipetermiya, asteniya, charchoq, noqulaylik, bosh og‘rig‘i, fotosensitivlik, pollakiuriya, niktyuriya, poliuriya, asabiylashish, soch to‘kilishi, tovon, kaftlar, burun-ustki lab uchburchagi hududida sariq-to‘q sariq dog‘lar, gepatotoksik hodisalar, intraokulyar gipertoniya, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, rentgenogrammada suyak o‘zgarishlari, tutqanoqlar. Vitamin D bilan o‘tkir intoksikatsiya simptomlari (erta): og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatining qurishi, chanqoqlik, qabziyat yoki diareya, poliuriya, anoreksiya, og‘izda metall ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoq, holsizlik, adinamiya, giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriya, suvsizlanish; (kech): suyaklarda og‘riq, siydikning loyqalashishi, A/Q oshishi, teri qichishi, ko‘zlar fotosensitivligi, kon’yunktiva giperemiyasi, aritmiya, uyquchanlik, mialgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, gastralgiya, vazn yo‘qotish, kamdan-kam holatlarda – psixoz va kayfiyat o‘zgarishi. Surunkali intoksikatsiya simptomlari: yumshoq to‘qimalar, buyraklar, o‘pka va qon tomirlarining kalsinozi, arterial gipertenziya, buyrak va surunkali yurak yetishmovchiligi; bolalarda – o‘sishning buzilishi. Davolash: preparatni bekor qilish, kalsiymi kam miqdorda saqlovchi dieta, ko‘p miqdorda suyuqlik iste’moli. Simptomatik davolash. Maxsus antidot noma’lum.