Simptomlar: (paratsetamol tufayli, 10-15 g qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi) terining oqarishi, ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, epigastral sohada og‘riq, gepatotoksik va nefrotoksik ta’sir, og‘ir holatlarda – jigar yetishmovchiligi, gepatonekroz, “jigar” transaminazalari faolligining oshishi, protrombin vaqtining uzayishi, ensefalopatiya va komatoz holat. Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash, SH-guruh donorlarini va glutatyon sintezi prekursorlarini – metionin (doza oshirilib yuborilgandan so‘ng 8-9 soat o‘tib) va N-asetilsistein (12 soatdan keyin) kiritish. Kofeinning yuqori dozalarida quyidagi simptomlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i, tremor, asabiylashish, gastralgiya, bezovtalik, harakat tashvishi, ongning chalkashishi, taxikardiya, aritmiya, gipertermiya, tez-tez siydik chiqarish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, quloqlarda jiringlash, tutqanoq (o‘tkir dozani oshirib yuborishda – tonik-klonik). Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalarini qabul qilish, o‘pka ventilyatsiyasi va oksigenatsiyani saqlash; tutqanoqlarda vena ichiga diazepam, fenobarbital, suv-elektrolit balansini saqlash.