Bemorni kutilmagan tez kuchaygan hansirash (nafas olishning qiyinlashishi) holatida darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida xabardor qilish kerak. Paradoksal bronxospazm Preparat hayot uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan paradoksal bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Paradoksal bronxospazm rivojlanganida preparatni darhol to'xtatish va muqobil davolanishga o'tish kerak. Uzoq muddat qo'llanishi Bronxial astma bilan og'rigan bemorlarda preparatni faqat zaruriyat yuzaga kelganida qo'llash kerak. Yengil shakldagi XOBL bo'lgan bemorlarda simptomatik davolash muntazam qo'llashdan afzalroq bo'lishi mumkin. Bronxial astma bilan og'rigan bemorlarda nafas yo'llaridagi yallig'lanish jarayonini va kasallikning kechishini nazorat qilish uchun yallig'lanishga qarshi davolashni o'tkazish yoki kuchaytirish zarurligi haqida eslatib turish lozim. Beta2-adrenomimetiklarni o'z ichiga olgan preparatlarning dozalarini muntazam ravishda oshirib borish bronxial obstruktsiyani bartaraf etish uchun kasallik kechishining nazorat qilinmas yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bronxial obstruktsiya kuchaygan taqdirda, beta2-agonistlar dozasini tavsiya etilganidan ortiqroq miqdorda uzoq muddat davomida oshirish nafaqat oqlanmagan, balki xavfli hamdir. Kasallik kechishining hayot uchun xavfli yomonlashuvini oldini olish uchun bemorning davolash rejasini qayta ko'rib chiqish va inhalyatsion kortikosteroidlar bilan mos yallig'lanishga qarshi davolash o'tkazish masalasini ko'rib chiqish lozim. Boshqa simpatomimetik bronxodilatatorlarni preparat bilan birga faqat tibbiy kuzatuv ostida buyurish kerak. Ko'rish organi bilan bog'liq buzilishlar Preparatni yopiq burchakli glaukoma rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ingalyatsion ipratropiy bromidi (yoki ipratropiy bromidining beta2-adrenoretseptor agonistlari bilan kombinatsiyasi) ko'zga tushganda ko'rish organi bilan bog'liq asoratlar (masalan, ko'z ichki bosimining oshishi, midriaz, yopiq burchakli glaukoma, ko'z og'rig'i) paydo bo'lganligi haqida alohida xabarlar mavjud. O'tkir yopiq burchakli glaukoma simptomlari orasida ko'z og'rig'i yoki noqulayligi, xira ko'rish, predmetlar atrofida halqalar va ko'z oldida rangli dog'larning paydo bo'lishi, shuningdek, kon'yunktival qon tomirlarining in'ektsiyasi tufayli ko'zning shishishi va qizarishi kuzatilishi mumkin. Ushbu simptomlarning har qanday kombinatsiyasi kuzatilsa, ko'z ichki bosimini pasaytiradigan ko'z tomchilarini qo'llash va mutaxassis bilan zudlik bilan maslahatlashish ko'rsatiladi. Bemorlarni inhalyatsion eritmadan to'g'ri foydalanish bo'yicha yo'riq berish kerak. Eritma ko'zga tushishining oldini olish uchun uni nebulayzer yordamida og'iz qismidan inhalyatsiya qilish tavsiya etiladi. Og'iz qismi mavjud bo'lmasa, yuzga zich yopishadigan niqobdan foydalanish kerak. Glaukoma rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarning ko'zlarini himoya qilishga alohida e'tibor berish lozim. Tizimli ta'sirlar Yaqinda o'tkazilgan miokard infarkti, adekvat bo'lmagan glikemik nazorat bilan qandli diabet, yurak va qon tomirlarining og'ir organik kasalliklari, giperterioz, feoxromotsitoma yoki siydik chiqarish yo'llarining obstruktsiyasi (masalan, prostata bezining giperplaziyasi yoki siydik pufagi bo'yni obstruktsiyasi) kabi kasalliklarda preparatni faqat tavsiya etilgan dozalardan oshiqroq miqdorda qo'llaganda xavf/foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholaganidan keyin buyurish kerak. Yurak-qon tomir tizimiga ta'siri Postmarketing tadqiqotlarda beta-adrenoretseptor agonistlarini qabul qilishda miokard ishemiyasi rivojlanishining kamdan-kam hollari qayd etilgan. Preparatni qabul qilayotgan yurakning jiddiy hamroh kasalliklari (masalan, IBS, aritmiyalar yoki jiddiy yurak yetishmovchiligi) bo'lgan bemorlarni yurak og'rig'i yoki yurak kasalligi yomonlashuviga dalolat beruvchi boshqa simptomlar paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirish kerak. Hansirash va ko'krak qafasidagi og'riq kabi simptomlarga e'tibor berish kerak, chunki ular ham yurak, ham o'pka etiologiyasida bo'lishi mumkin. Gipokaliemiya Beta2-adrenoretseptor agonistlari qo'llanilganda gipokaliemiya yuzaga kelishi mumkin. Sportchilar Fenoterol mavjudligi tufayli preparatni qo'llash sportchilarda doping testlarining ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin. Yordamchi moddalar Inhalyatsiya uchun aerozol shaklidagi preparat konservant – benzalkoniya xlorid va stabilizator – dinatriy edetat dihidratini o'z ichiga oladi. Inhalyatsiya vaqtida bu komponentlar nafas yo'llari gipereaktivligi bo'lgan sezgir bemorlarda bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparatning avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri maxsus o'rganilmagan. Ammo bemorlarga preparat bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi, tremor, akkomodatsiya buzilishi, midriaz, xira ko'rish kabi noxush hodisalar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ma'lumot berish kerak. Shuning uchun avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlarni ishlatishda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. Agar bemorlar yuqorida ko'rsatilgan noxush hodisalarni boshdan kechirishsa, ular transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlarni ishlatish kabi potentsial xavfli harakatlardan voz kechishlari kerak.