Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Grammusbat mikroorganizmlar tomonidan keltirilgan og'ir infeksiyalar, shu jumladan, penitsillin va sefalosporinlarga allergiyasi bo'lgan bemorlarda: endokardit; septitsemiya; suyak va bo'g'im infeksiyalari; pastki nafas yo'llari infeksiyalari; teri va yumshoq to'qima infeksiyalari; siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari; uzluksiz ambulator peritoneal dializ (UAPD) vaqtida yuzaga kelgan peritonit. Grammusbat mikroorganizmlar keltiradigan infeksiyalar rivojlanishi xavfi mavjud bo'lganda stomatologik va ortopedik operatsiyalardagi infeksion asoratlarni oldini olish. Og'iz orqali eritmani qabul qilish uchun: Clostridium difficile tomonidan kelib chiqqan psedomembranoz kolit (antibakterial preparatlar bilan bog'liq).