Timentin quyidagi sezgirligi aniqlangan yoki taxmin qilingan mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi: Staphylococcus aureus β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan suyak va biriktiruvchi to‘qima infektsiyalari; ginekologik infektsiyalar, jumladan, Bacteroides melaninogenicus*, Enterobacter spp., jumladan Enterobacter cloacae*, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae*, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan endometritlar; Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae va Bacteroides fragilis* β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan intraabdominal infektsiyalar, jumladan, peritonitlar; Staphylococcus aureus, Haemophilus influenzae* va Klebsiella spp.* β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan pastki nafas yo‘llari infektsiyalari; Klebsiella spp.*, Escherichia coli*, Staphylococcus aureus*, Pseudomonas aeruginosa* va boshqa Pseudomonas spp.* β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan septitsemiya, jumladan, bakteriemiya; Staphylococcus aureus, Klebsiella spp.* va Escherichia coli* β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan teri va teri osti to‘qimalari infektsiyalari; Escherichia coli, Klebsiella spp., Pseudomonas aeruginosa* va boshqa Pseudomonas spp.*, Citrobacter spp.*, Enterobacter cloacae*, Serratia marcescens* va Staphylococcus aureus* β-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari tomonidan kelib chiqqan siydik yo‘llari infektsiyalari (murakkab va murakkab bo‘lmagan). * Har bir nosologik guruhda mikroorganizmlarga qarshi samaradorlik 10 tadan kam infektsiyada namoyish etilgan.