Atorvastatinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘lgan holatlar: spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiluvchi bemorlar, anamnezida jigar kasalligi ko‘rsatilgan bemorlar. Atorvastatin bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida, ayniqsa, jigar shikastlanishi simptomlari paydo bo‘lganda, jigar funksiyasini nazorat qilish kerak. Agar transaminazalar darajasi oshsa, ularning faolligini normallashguncha nazorat qilish zarur. Agar AST yoki ALT faolligi me'yordan 3 martadan ortiq bo‘lsa va bu holat saqlanib qolsa, atorvastatin dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Agar davolash davomida miopatiya simptomlari paydo bo‘lsa, KFQ faolligini aniqlash kerak. Agar KFQ darajasi sezilarli darajada oshgan holda saqlansa, atorvastatin dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Atorvastatin bilan davolash davomida miopatiya xavfi siklosporin, fibratlar, eritromitsin, azol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi dorilar va niatsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda oshadi. Quyidagi nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi ehtimoli mavjud, ammo bu holatlar atorvastatin qabul qilish bilan aniq bog‘liqligi har doim ham o‘rnatilmagan: mushaklardagi tirishishlar, miozit, miopatiya, paresteziya, periferik neyropatiya, pankreatit, gepatit, xolestatik sariqlik, anoreksiya, qayt qilish, alopesiya, qichishish, toshma, impotensiya, giperlikemiya va gipoglikemiya. Bolalarda 80 mg/gacha bo‘lgan kunlik dozada atorvastatin qo‘llash tajribasi cheklangan. Atorvastatinni surunkali alkogolizm bilan og‘rigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.