Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
hozirda yoki anamnezda trombozlar (venoz va arterial) va tromboemboliyalar (shu jumladan, chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, serebrovaskulyar buzilishlar); trombozga olib keluvchi holatlar (shu jumladan tranzitor ishemik hujumlar, stenokardiya) hozirda yoki anamnezda; venoz yoki arterial trombozning bir nechta yoki kuchli xavf omillari; venoz yoki arterial trombozga irsiy yoki orttirilgan moyillik: faol proteinga C rezistentlik, gipergomotsisteinemiya, antitrombin III yetishmovchiligi, protein C yetishmovchiligi, protein S yetishmovchiligi, fosfolipidlarga (kardiolipin antitanalari, lupus antikoagulyanti) qarshi antitana mavjudligi; hozirda yoki anamnezda fokal nevrologik simptomlari bilan kechuvchi migren; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya; diabetik angiopatiya bilan kechuvchi qandli diabet; hozirda yoki anamnezda yaqqol gipertirgiseridemiya bilan kechuvchi pankreatit; jigar yetishmovchiligi va og‘ir jigar kasalliklari (jigar funksional testlari normal holatga kelgunga qadar); hozirda yoki anamnezda jigar o‘smalari (yaxshi sifatli yoki yomon sifatli); og‘ir dislipoproteinemiya; gormonlarga bog‘liq yomon sifatli o‘smalar (jumladan, jinsiy a’zolar yoki sut bezlari o‘smalari) yoki gumon qilinadigan holatlar; noma’lum kelib chiqishga ega vaginal qon ketish; homiladorlik yoki gumon qilingan homiladorlik; emizish davri (ko‘krak suti bilan boqish); menopauza davri; 18 yoshgacha; dukkakli zubturum bilan bir vaqtda qo‘llash; kombinatsiyalangan preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: Kombinatsiyalangan peroral kontratseptiv preparatlarni (KPK) qo‘llashning kutilayotgan foydasi va mumkin bo‘lgan xavfini har bir bemor uchun alohida baholash kerak, ayniqsa quyidagi kasalliklar/holatlar yoki xavf omillari mavjud bo‘lsa: tromboz va tromboemboliyalar rivojlanish xavf omillari: chekish, trombozga irsiy moyillik (yaqin qarindoshlarda yoshlikda tromboz, miokard infarkti yoki miya qon aylanishining buzilishi), ortiqcha tana vazni (BMI ≥30 kg/m²), dislipoproteinemiya, nazorat qilinadigan arterial gipertenziya, fokal nevrologik simptomatikasiz migren, murakkab bo‘lmagan yurak klapanlari kasalliklari; periferik qon aylanishi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar: diabetik angiopatiyasiz qandli diabet, tizimli qizil volchanka, gemolitik-uremik sindrom, Kron kasalligi va yarali kolit, serpozid-kletkali anemiya, yuzaki venalar flebiti; gipertirgiseridemiya; jigar funksional testlari normal bo‘lgan yengil va o‘rtacha darajadagi jigar kasalliklari; avvalgi homiladorlik yoki jinsiy gormonlar qabul qilganda yuzaga kelgan yoki kuchaygan kasalliklar (masalan, sariqlik, xolestaz, o‘t pufagi kasalliklari, eshitish qobiliyati pasayishi bilan kechuvchi otoskleroz, porfiriya, homiladorlikda uchraydigan gerpes, Sidenxem xoreyasi); irsiy angionevrotik shish, xloazma, depressiya, epilepsiyaga chalingan ayollar.