Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Qorin sohasidagi og‘riq, spazm va noqulaylik hissi, meteorizm, ichakning motor buzilishlari, ich kelish chastotasining o‘zgarishi (diareya yoki qabziyat), dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, reflyuks, o‘t yo‘llari va me’da-ichak trakti kasalliklari bilan bog‘liq belgilarni simptomatik davolash uchun (eroziyasiz gastroezofageal reflyuks kasalligi, o‘t toshi kasalligi, o‘t yo‘llari disfunktsiyasi, tirnash xususiyatli ichak sindromi, Oddi sfinkteri disfunktsiyasi, xolesistektomiyadan keyingi sindrom). Operatsiyadan keyingi ichakning falajli obstruktsiyasi.