Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Atropinga yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma (midriaz tufayli ko‘z ichidagi bosim oshishi o‘tkir xurujga olib kelishi mumkin), taxiaritmiya, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, ishemik yurak kasalligi, mitral stenoz, reflyuks-ezofagit, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, pilorik stenoz, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, ichak atoniyasi, obstruktiv ichak kasalliklari, paralitik ileus, toksik megakolon, nospetsifik yarali kolit, kserostomiya, miasteniya, siydik ushlanib qolishi yoki unga moyillik, siydik yo‘llarining obstruksiyasi bilan bog‘liq kasalliklar (shu jumladan prostata bezi giperplaziyasi tufayli siydik pufagi bo‘ynining obstruksiyasi), Daun kasalligi, bolalar serebral falaji, homiladorlik toksikozi, laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan: gipertemiya, ochiq burchakli glaukoma, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, surunkali o‘pka kasalliklari, o‘tkir qon yo‘qotish, gipertireoz, 40 yoshdan katta yosh, homiladorlik.