Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
O‘giz orqali qabul qilish uchun: gepatit, jigar yog‘li distrofiyasi, xoletsistoxolangit, o‘t yo‘llari diskineziyasi, gastrit, qizilo‘ngach, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, kolit, enterokolit, gemorroy, ateroskleroz, prostatit, prostata bezining yaxshi xulqli giperplaziyasi, bachadon bo‘yni eroziyasi. Gelmintlarga qarshi kurash va turli lentali gijjalarning tashuvchiligini oldini olish. Tashqi va mahalliy qo‘llash uchun: gerpes, dermatit, diatez, psoriaz, ekzema, kuyish va kuyish kasalligi, parodontoz.