So‘rilish. Absorbsiya yuqori bo‘lib, tez va deyarli to‘liq asiklovir va L-valinga aylanadi. Ichga 1 g valasiklovir qabul qilinganda asiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil etadi (bu ichga asiklovir qabul qilishga nisbatan 3-5 barobar yuqori). Ichga 1 g valasiklovirni kuniga 4 marta qabul qilinganda AUC ichga 5 mg asiklovirni har 8 soatda vena ichiga yuborgandagi AUC ga teng bo‘ladi. Bir martalik 1 g qabul qilingandan keyin Cmax 15-25 mkmol/ml ni tashkil etadi, Cmax ga erishish vaqti 1,6-2,1 soat; 3 soat o‘tgach, plazmada o‘zgarmagan valasiklovir aniqlanmaydi. Taqsimlanish. Valasiklovirning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 13-18%, asiklovirning esa 9-33% ni tashkil etadi. Asiklovir to‘qimalar va organizm suyuqliklarida, shu jumladan, bosh miya, buyrak, o‘pka, jigar, ko‘z yoshi, ichak, mushaklar, taloq, bachadon, shilliq qavat va qin suyuqligi, sperma, amniotik suyuqlik, miya orqa suyuqligi (plazmadagi konsentratsiyaning 50%) va gerpetik pufakchalar suyuqligida keng taqsimlanadi. Eng yuqori konsentratsiyalar buyraklar, jigar va ichakda kuzatiladi. Platsenta va ko‘krak sutiga o‘tadi. Chiqarilish. Valasiklovirning T1/2 30 minutdan kam, asiklovirning esa 2,5-3,3 soatni tashkil etadi, buyrak yetishmovchiligida - 14 soat, keksa yoshdagilarda (65-83 yosh) - 3,3-3,7 soat. Siydik orqali (45,6%) asosan asiklovir va uning metaboliti 9-karboksimetoksimetilguanin shaklida, kamroq miqdorda (1% dan kam) o‘zgarmagan holda chiqariladi va 96 soat ichida axlat bilan (47,12%) chiqariladi.