Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik; qon ketish belgilari; trombotsitopeniyaga bog'liq qon ketish xavfi; oshqozon-ichak traktidan (OIT) yaqin vaqt ichida qon ketishi; o'smalar (shu jumladan, miya o'smalari, metastazlar); ichki miya anevrizmasi, miya trombozi (shu jumladan, anamnezda), arteriovenoz malformatsiya, bo'linadigan anevrizma; faol shakldagi o‘pka sil kasalligi, qon tuflashga moyil bronxoektatik kasallik; qizilo'ngach varikoz kengayishi; OIT eroziyali-yarali lezyonlari; jigar sirrozi; og'ir darajadagi buyrak funksiyasining buzilishi (masalan, buyrak tosh kasalligi, pielonefrit, glomerulonefrit); yaqinda tug‘ilgan (tug‘ilganidan keyingi dastlabki 4 hafta), abort, tushish xavfi, yo'ldosh joylashuvi gumoni; yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi, asosiy yarani davolanishdan oldin; qon tomirlarini punktsiya qilish holatlari, vizual nazorat va/yoki qon tomirga bosuvchi bog'lam qo'yish mumkin bo'lmagan holatlar (<4 hafta); ichki organlar biopsiyasi, lyumbar punktsiya, mushak ichiga in'eksiya, translyumbar aortografiya (<4 hafta), uzoq davom etgan bilvosita yurak massaji (<10 kun); yaqinda olingan jarohat, ko'krak yoki neyrojarrohlik operatsiyasi (<2 oy); gipokoagulatsiya (ayniqsa, ifodalangan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi fonida); gematoma, o‘tkir o‘pka shishi, qon ketayotgan o‘sma, diabetik gemorragik retinopatiya; subakut bakterial endokardit, mitral stenoz, yurak fibrillyatsiyasi; miya qon aylanishining o'tkir buzilishlari (masalan, ichki miya qon ketishi, gemorragik va/yoki ishemik insult, so'nggi ikki oy davomida bo'lgan o'tkinchi ishemik xurujlar; uyqu arteriyasi va vertebrobazilyar tizimi tomirlaridagi arteriyalarni okklyuziyalash); og'ir darajadagi nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya (sistolik bosim >200 mm sim.ust, diastolik >100 mm sim.ust); gipertonik ko'z tubi III yoki IV bosqich; o'tkir pankreatit, perikardit, bakterial endokardit, sepsis; homiladorlik (I trimester); bolalar yoshi (18 yoshgacha). Ehtiyotkorlik bilan: o‘rtacha arterial gipertenziya, o‘rtacha trombotsitopeniya, yurakning chap qorinchasida tromboz gumoni, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, keksa yosh (70 yoshdan oshgan), ichki organlar zararlanishi gumoni.